Moskvada muhojirlar soni kamaydi

Rossiya politsiya Moskvada qaysi mamlakatlardan muhojirlar ko‘proq ekanligini aytdi.

Yetakchilar Qirg‘iziston (30%), O‘zbekiston (27%) va Tojikiston (20%) fuqarolari.

Hozir Moskvada 800 mingdan ozroq muhojir bor. Ularning aksariyati vizasiz tartibda kelgan. Bir yil oldin, poytaxtda ularning soni milliondan ortar edi.

Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi barcha noqonuniy migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni “qatʼiy tavsiya qilgan”. Bunday holda, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmasligi aks holda jarimaga tortilishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi bilan ogohlantirilgan edi.