“O‘xshamagan” uchrashuv

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamkasbi Vladimir Putinni Donesk va Lugansk masalalari bo‘yicha uchrashishga taklif etgan edi.

Ko‘p o‘tmay Putin Zelenskiyning uchrashish taklifiga izoh berdi.

“Agar Ukraina prezidenti Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni tiklashni istasa, Moskva buni mamnuniyat bilan qabul qiladi”, dedi Putin.

“Agar Zelenskiy Donbass muammolarini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, u DXR va LPR rahbarlari bilan uchrashishi kerak, so‘ngra bu masala uchinchi davlatlarning vakillari qatoriga kiruvchi Rossiya bilan muhokama qilinishi kerak.

Agar u Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilmoqchi bo‘lsa, biz uni doim Moskvada kutamiz”, deb taʼkidladi Putin.

Shundan so‘ng DPR va LPR rahbarlari Zelenskiyni uchrashuvga taklif qildilar.

O‘z navbatida bunday takliflarga Kiyev LPR va DPR bilan muzokaralar olib bormasligini bildirdi.

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi bayonot berdi.

“LPR” va “DPR”  deb ataladigan hududlar bilan muzokaralar xayoliy makonda bo‘lmaydi va bo‘lishi mumkin emas”, dedi Aleksey Arestovich.