Kutilmagan tekshiruv

Nafaqat siyosatshunos. Qirg‘iziston hukumati Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (MOAU) prezidenti Endryu Kachinsni giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumon qildi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan Kachins nomiga yuborilgan paketda mahalliy bojxonachilar mayda poliyetilen paketlarga qadoqlangan dorilar va kapsulalarni topgan.

Ekspertizada paketda psixotrop moddalar mavjudligi aniqlangan. Garchi, hujjatlarda ko‘rsatilishicha, bosma materiallar bo‘lishi kerak edi.

Shundan so‘ng Kachinsning uyida tintuv o‘tkazilgan, u so‘roq qilinib, imzo qo‘ydirib qo‘yib yuborilgan.

Endryu Kachins AQSh fuqarosi, taniqli siyosatshunos, sobiq SSSR mamlakatlari bo‘yicha mutaxassis. 2000 yillarning boshlarida u Moskvada ishlagan va u yerda Karnegi markazini boshqargan.

P.S. kutilmagan bunday tekshiruvlar oxiri tinchlik bilan tugamasligi aniq. Kuzatamiz…