Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmoqda

Hukumatning onlayn yig‘ilishida sog‘liqni saqlash vaziri Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish kamayganligini aytdi – martga nisbatan bu ko‘rsatkichlar ancha past.

«Kasallikning haftalik dinamikasi o‘tgan hafta davomida o‘sish surʼatlarining mart oyining oxiridan 46 foizdan 8 foizgacha pasayishi bilan tavsiflanadi. So‘nggi bir hafta ichida o‘limning o‘sishi avvalgisiga nisbatan 30% dan 8% gacha kamaydi. Vaziyatning nisbatan barqarorlashuvi kuzatilmoqda”, – dedi vazir.

Shunga qaramay, hududlar epidemiologik vaziyatga qarab cheklovlarni joriy qilishda davom etmoqda.

Bugungi kunda Qozog‘istonda bemorlar uchun yotoq (koyka) fondi 41% bandligicha qolmoqda.