Oq uy Genotsidni tan olganidan keyin Erdo‘g‘аn G‘arbdan terrorchilar orqali qasos oladi.Turkiya Yevropadagi islomiy ekstremizmni o‘z maqsadlari uchun ishlatishda davom etadi, dedi tahlilchi Set J. Franzman.
Turkiya yillar davomida, agar Oq uy arman genotsidini tan olsa, Qo‘shma Shtatlarga qarshi sanksiyalar joriy qilish, Eron, Xitoy va Rossiya yoki Vashingtonning boshqa dushmanlari bilan ittifoqdosh bo‘lishi bilan tahdid qilgan. Bu haqda tahlilchi Set J. Franzman The Jerusalem Post gazetasida yozmoqda.
“Anqara G‘arb siyosatchilarini tinch yo‘l yoki ochiq tahdidlar bilan sehrlab olgan. Turkiya G‘arb uchun haqiqiy tahdidlarni yaratishga qodir. 2020 yilda Anqara ko‘p yillar oldin nashr etilgan karikaturalar tufayli Parij bilan inqirozni qo‘zg‘atgan va bu “jo‘shqin nutq” Fransiyada hech bo‘lmaganda bitta teraktga sabab bo‘lgandi”, – deya taʼkidlamoqda ekspert. Uning fikriga ko‘ra, Turkiya Yevropadagi islomiy ekstremizmdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishni davom etadi.
“Erdo‘g‘аn, agar Yevropa Ittifoqi unga ko‘proq pul to‘lamasa, qochqinlarni Yevropaga qarshi ishlatish bilan bir necha bor tahdid qilgan. Ayni paytda, u qochqinlarni radikallashtirilmoqda va ularni yollanma askarlar sifatida ishlatishi mumkin. Turkiya ISHID aʼzolari uchun Yevropaga “ko‘prik” sifatida muhim rol o‘ynadi, shu jumladan ularni o‘qitish uchun mamlakatda o‘quv-bazasi yaratdi“, – dedi tahlilchi. Amerika tadbirkorlik Instituti tadqiqotchisi Maykl Rubin genotsidni shunchaki tan olishning o‘zi yetarli emas deb hisoblaydi: “Armaniston sharqida ham, g‘arbida ham diktatorlar bilan bog‘liq bir asr avvalgi tahdid bugungi kunga qadar davom etayotganini tan olish kerak. Shunchaki ritorika qimmatga tushishi mumkin”.
AQSh prezidenti Bayden 1915 yilda Usmonli imperiyasida armanlarning genotsidini tan oldi, u armanlarning qatliomini xotirlash kuni Oq uy veb-saytida 24 aprel kuni eʼlon qilingan bayonotida “genotsid” so‘zini ishlatgan. U 40 yil ichida 1915 yilgi Usmoniy qatliomini ommaviy ravishda genotsid deb tan olgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.