Bugun Dushanbeda KXShT Mudofaa vazirlari kengashi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar bergan edik

Unda Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlarining  alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakatning harbiy hamkorligi to‘g‘risida bir nechta asosiy maʼlumotlar:

▪️ Rossiyaning 201-harbiy bazasi Tojikistonda joylashgan. Bu Rossiya hududidan tashqaridagi eng yirik harbiy inshooti hisoblanadi.

▪️ Rossiya tojik-afg‘on chegarasida xavfsizlikni taʼminlashga yordam beradi.

▪️Tojikiston Rossiyadan qurol-aslahalar, uskunalar, aloqa vositalarini bepul oladi. 2015 yilda Moskva Dushanbega qariyb 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berishni va 2025 yilgacha – Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilishga esa 200 million dollar sarmoya kiritishni vaʼda qilgan.

▪️ Tojikistonga 122 million dollar miqdorida Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari, 300 dan ziyod zirhli texnika, artilleriya moslamalari, havo hujumidan mudofaa va aloqa vositalari yetkazilgan.

▪️ Tojikiston hududida rossiyalik harbiy instruktorlar faoliyat olib boradi. Tojikistonlik zobitlar esa Rossiyadagi harbiy universitetlarda o‘qitiladi.

▪️ Rossiya va Tojikiston muntazam ravishda qo‘shma mashqlarni o‘tkazib turishadi. Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinida “Jangchi birodarlik” manevrlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ularda KXSHTning minglab qo‘shinlari, aviatsiya va “Iskander” raketa tizimlari ishtirok etada.