AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi, nimalar kutilmoqda?

AQSh razvedkasining Afg‘onistondagi maʼlumotlarni to‘plash qobiliyati harbiy infratuzilmaga bog‘liq, dedi Markaziy razvedka boshqarmasi faxriysi Duglas London CNNga.

Bir nechta manbalarga ko‘ra, quruqlikdagi tezkor xodimlar tomonidan to‘plangan razvedka ko‘pincha Markaziy razvedka boshqarmasining yashirin operatsiyalari, shu jumladan uchuvchisiz samolyotlarning zarbalari uchun juda muhimdir. «Kerakli maʼlumot bilan siz operatsiyani boshlashingiz va ikki soat ichida ming chaqirim narida kimnidir o‘ldirishingiz mumkin. Ammo sizda biron bir razvedka maʼlumotlari bo‘lmasa, qanday qilib aniq zarbalar berishingiz mumkin?”, – dedi СNN manbasi, Afg‘onistondagi AQShning aksilterror missiyasi haqida ichki muhokamalar to‘g‘risida bevosita maʼlumotga ega.

Telekanalning harbiy manbasiga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi harbiylashtirilgan kuchlari ofitserlarining maqomi to‘g‘risida yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo ayni paytda ular qaytishni kutishmoqda. Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketganidan keyin ham baʼzi xodimlar qolishi rejalashtirilmoqda, baribir bunday qo‘shin bilan yashirin operatsiyalarni o‘tkazish ancha qiyin bo‘ladi.

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarilgandan keyin AQSh razvedka maʼlumotlarini yig‘ish qobiliyati pasayib ketishini tan oldi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, ular al-Qoidaning qayta tiklanishi ehtimolini kuzatish va o‘z vaqtida javob berish uchun yetarli kuchga ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns o‘tgan hafta oxirida Qobulga kutilmagan tashrif bilan keldi. AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda The Associated Press ismi oshkor etilmagan katta siyosatchiga asoslanib. Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarining kim bilan uchrashgani haqida xabar berilmagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Jozef Bayden 1 maydan boshlab Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlanishini aytgan edi. Oq uy buni 11 sentyabrga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Ushbu operatsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh Qatarda bombardimonchi samolyotlarni joylashtirdi.

Shu bilan birga AQSh harbiy kuchlarini olib chiqib ketish oldidan Afg‘onistonda AQShning So‘nggi uch kun ichida afg‘on xavfsizlik kuchlari Pokiston, Paktika, Paktiya va Zobul viloyatlarida kelib chiqishi toliblar bo‘lgan 10 ga yaqin ayg‘oqchini yo‘q qildi.

Ularning barchasi Pokiston fuqarolari bo‘lgan va Afg‘oniston hukumatiga qarshi janglarda qatnashish uchun Afg‘onistonga ko‘chirilgan. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, aprel oyida Durand liniyasi orqali Afg‘onistonga oqib o‘tgan pokistonlik jangarilar soni sezilarli darajada ko‘paygan.

Bu Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bilan janglarda Tolibonning katta yo‘qotishlariga va toliblarning qo‘shimcha zaxiraga bo‘lgan shoshilinch ehtiyojiga bog‘liq bo‘lishi mumkin deya tahmin qilinmoqda.