Qirg‘iz-Tojik chegarasidagi mojaro davom etmoqda

Qirg‘iziston mahalliy aholini Tojikiston bilan chegaradagi mojaro zonasidan evakuatsiya qilmoqda, ular maktablarga joylashtiriladi, deya xabar qildi respublikaning Botken viloyati maʼmuriyati matbuot xizmati.

“Chorshanba kuni tojik tomoni vakillari elektr uzatish simlari ustunlariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga uringani sababli ikki mamlakat chegarasining Botken qismida to‘qnashuv yuzaga keldi. Qirg‘iziston tomoni qarshilik ko‘rsatib, ustunni kesishni boshlagan. Qarama-qarshilik tosh otishga aylandi, bir kishi jarohat oldi. Kechasi mojaro avj oldi, Tojikistonning mahalliy aholisi tomonidan o‘q otish boshlangan, to‘rtta Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan, lekin qirg‘iz xalqi qurol ishlatmagan.”, deya xabar bermoqda Rossiya hukumatiga qarashli internet nashri.

Biroz, avval Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mahalliy aholining tortishuvi suv muammosi tufayli boshlangani aytilgan edi.

Umuman olganda bu ikki qardosh qo‘shnilarimizning chegara masalasidagi mojarolari Qirg‘izistonga yangi hukumat rahbari kelgandan buyon ancha faollashib bormoqda.

Qo‘shning tinch, sen tinch. Tinchlik bo‘lsin deymiz.