Qirg‘iz-Tojik mojarosi Rossiyadagi migratlarga taʼsir qilishi mumkin

“Chegaradagi voqealar urushga aylanib ketmaydi, lekin Rossiyadagi migrantlar orasidagi ushbu millat vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lishi mumkin”, – dedi sharqshunos Aleksey Malashenko Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi Botken hududidagi vaziyat haqida gapirar ekan.

“Botken viloyati – Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi eng keskin hudud. Gap shundaki, har kim bu yerni o‘ziniki deb biladi. Tojiklar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan hududda ishlashni boshlasa va uni rivojlantirish bu qirg‘izlarni asabini buzadi”, – dedi Malashenko.

Mutaxassis eʼtiborni hududdagi hal qilinmagan vaziyatga qaratdi. “Botken Qirg‘iziston uchun har doim qiyin mintaqa bo‘lib kelgan. U yerdagi aholini tinchlantirish  juda og‘ir. Bugun chegaraning kichik qismida vaziyat barham topdi, ammo chegaraning o‘zi juda uzun”, – deya izoh berdi manba. “Bundan tashqari, bu yerda giyohvand moddalar savdosi mavjud, uni mahalliy tojiklar yoki qirg‘izlar emas, balki mafiya nazorat qiladi”.

Malashenko migrantlar o‘rtasidagi mojaro Moskva yoki Rossiyaning boshqa shaharlariga ko‘chib o‘tish ehtimoli to‘g‘risida gapirgan mutaxassis ilgari bunday muammolar bo‘lmaganligini taʼkidladi. “Ammo etnik jamoalarning shakllanishi tufayli, shu jumladan Moskvada bunday to‘qnashuvlar bo‘lishi mumkin. Jamoalar endi nafaqat musulmonlar yoki Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar tomonidan, balki etnik guruhlar tomonidan shakllantirilmoqda. Migratsiyani etniklashtirishga qaratilgan ushbu tendensiya kelajakdagi nizolarga olib kelishi mumkin”, – deb hisobmoqda ekspert.