Nega chegara mojarosi harbiy to‘qnashuvga aylandi? Kim aybdor?

30 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston to‘liq sulh va qo‘shinlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib oldilar. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ikki tomondan 200 dan ortiq fuqarolar tan jarohati olishgan va 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. “Bizning davlatlarimiz rahbarlarining topshirig‘iga binoan biz o‘q otishni va barcha harbiy tuzilmalarni chegara hududidan to‘liq olib chiqishga qaror qildik”, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Rasmiy versiyaga ko‘ra, urushga ikki mamlakat o‘rtasida tojik chegarachilari videokameralar o‘rnatgan bunga Qirg‘iziston aholisi va xavfsizlik kuchlari qarshilik ko‘rsatgan, tortishuv Oq-Suv daryosining bahsli qismida joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti sodir bo‘lgan. To‘qnashuvlar 29 aprel kuni, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShT rahbariyati yig‘ilishi kunida boshlangan.

Nega chegara mojarosi harbiy to‘qnashuvga aylandi? Kim aybdor? “Platon” Xalqaro Siyosatshunoslar Kongressi Prezidenti Baqit Baketayev savollarga javob berdi: “30 mart kuni men ommaviy axborot vositalarida ushbu qarama-qarshiliklar qurolli to‘qnashuvga aylanib ketishi haqida ogohlantirgan edim. Men bir narsani tushunolmayapman: nega Tojikiston va Qirg‘iziston rasmiylari va tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari passiv harakat qilishdi? Nega ming yildan buyon yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarimiz, farzandlarimiz bir-birlariga tosh otishga va o‘lishga majbur bo‘ldi? Huquqni muhofaza qilish idoralari ishlashi kerak edi – razvedka va qarshi razvedka (kontrrazvedka). Yaqinlashib kelayotgan to‘qnashuvni oldindan taxmin qilish kerak edi. Axir, hukumatning asosiy vazifasi – bu mamlakat xavfsizligi. Hozirgi ziddiyat Sovet davrining qoldiqlari. SSSR davrida hech kim chegaralarni aniq belgilamagan. So‘nggi 30 yil ichida rasmiylar demarkatsiya qilishni amalga oshira olmadilar. Ikkala tomonning ham rasmiylari aybdor deb hisoblayman. Oddiy odamlar nima qilishlari mumkin? Xalq o‘zi chegarni bo‘lib ololmaydi. Buning uchun mutaxassislar bor. Bunday to‘qnashuvlar hal qilinmagan hududiy nizolarning mulki hisoblanadi. Xalqlar o‘z chegaralarini aniq bilishmaydi. Hokimiyat yaqinorada muammoni yechimini topishiga ishonmayman. Harbiy texnikani aloqa liniyasidan olib chiqishdan boshqa, men har ikki tomonda ham samarali harakatlarni ko‘rmayapman. Muammo shundaki, nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda bahsli hududlarni ajratishning umumiy standartlashtirilgan formulasi mavjud emas, masalan, tomonlar yer maydonini teng yarimga bo‘lib olishi kabi. Garchi bunday nizoli holatlarni hal etish aynan BMTning vazifasi bo‘lsa ham, bu tashkilotga davlatlar tomonidan juda katta pul sarf etiladigan biroq, hech narsani hal qila olmaydigan ulkan kolussga aylandi. Qaror o‘rniga ular tarixni chuqur o‘rganishni boshlaydilar: kim qaysi asrda qayerga borgan va nima qilgan. XXI asrda xalqaro miqyosda tan olingan baʼzi formulalarni qabul qilish vaqti keldi. YEXHT ham ushbu jarayonga qo‘shilishi mumkin. Axir ikkala mamlakat ham BMT va YEXHTga aʼzo. Aytgancha, biz hali ham KXShTga aʼzomiz. Bu tashkilotlarda yaxshi maosh oladigan xodimlar bor. Ammo ular maoshni oqlamayapti. KXShTning ikki aʼzosi o‘rtasidagi ziddiyat Moskvaning bosh og‘rig‘idir. Xa-ya biz hammamiz bir mamlakatdanmiz. Bizning Vatanimiz – SSSRku shundaymi?!».

Ikki davlat o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi 980 km ni tashkil etadi, shundan deyarli yarmi (400 km) hududning chegarasi belgilanmagan.