Amazon, Apple va Facebook bir daqiqada qancha daromad topadi?

CNBC maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga kelib, 7 ta eng yirik texnologik kompaniyalarning aksiyalari jami 3,4$ trillion dollarga o‘sgan. Bular Amazon, Apple, Alphabet, Microsoft, Facebook, Tesla va Netflix.

2021 yil 1-choragidan boshlab bu ro‘yxatni quyidagicha davom ettirish mumkin:

·         Amazon: daqiqasiga 837,330,25$ dollar.

·         Apple: daqiqasiga 691 234,57$ dollar.

·         Alphabet: daqiqasiga 426,805,56$ dollar.

·         Microsoft: daqiqasiga 321,805,56$ dollar.

·         Facebook: daqiqasiga 201 936,73$ dollar.

·         Tesla: daqiqasiga 80162,04$ dollar.

·         Netflix: daqiqasiga 55,270.06$ dollar.

Kompaniyalar o‘rtacha daqiqasiga 373,606$ dollar ishlab topgan, bu o‘tgan chorakdagi tushumdan kamroq (Visual Capitalist biznes maʼlumotlariga ko‘ra, avvalgi chorakda daqiqasiga 416,768$ dollar daromad olingan).

Shunisi eʼtiborga loyiqki, Apple dunyodagi eng katta bozor qiymatiga ega – 2,2$ trln. Amazonning bozor qiymati 1,76$ trln, Microsoft 1,9$ trln, Alphabet esa 1,6$ trln dollarga teng.