🔥 Aprel oyi avvalida boshlangan va respublikamiz bo‘ylab tashkil etilishi rejalashtirilgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda.
“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, MFaktor, viloyat hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tashkil qilinayotgan “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelmoqdalar.
🎯 Marafonning navbatdagi manzili Jizzax viloyati.
📍 Marafon 6-may kuni, soat 14:00 da Jizzax viloyatining Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
👉 “Biznes Marafon”da ishtirok etish uchun ushbu bot orqali ro‘yxatdan o‘tishing!
@biznesmarafon_bot
Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul.