Rossiya va O‘zbekiston mudofaa hamkorligi xavfsizmi?

Agressor va sobiq imperiyani tiklash rejalarini ochiq-oydin aytayotgan davlat bilan bizning manfaatlar doirasida hamkorlik mumkinmi?

Chexoslovakiya anneksiyasi, Avstriya anshlyusi va Polshaga hujumdan keyin 1940 yilda Gitler Germaniyasi bilan hamkorlik mumkinmidi? Bunday hamkorlikka borgan davlat o‘zining manfaatlarini ifoda eta olarmidi? Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q.

Gitler Germaniyasi bilan harbiy hamkorlikka borgan biron davlat agressiyadan o‘z xavfsizligini kafolatlay olganmi?

Shunday ekan, Rossiya bilan 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlikdan xavotir olishimiz tabiiy va bu xavotirlarimiz kundan-kunga kuchaysa kuchayadiki, aslo yengillashmaydi. Garchi mamlakat Mudofaa vazirligi hamkorlik dasturi imzolanishidan xavotirlanish «mutlaqo asossiz» ekanini o‘n marta qayta takrorlasa ham.

Xalqdan yashirib qo‘yilgan “Tashqi siyosat konsepsiyasi”ga havola ham bu xavotirlarni tarqatib yubormaydi. “Tashqi siyosat konsepsiyasi” mavjudligi YEOIIning qo‘yniga kirib ketishga to‘sqinlik qila olmadi, zero konsepsiya feʼlan siyosiy maqsadlardagi ittifoqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlaydi.

Darvoqe, esda tutish lozimki, potensial agressor bilan tuziladigan har qanday shartnoma agressor uchun o‘sha shartnoma qayd etiladigan qog‘ozchalik qiymatga ega emas. Tarix takrorlanaveradi.

Material “bankiroff” kanalidan olindi.