“Genotsid” uchun Turkiya AQShga qanday javob berishi mumkin?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an deyarli barcha qo‘shnilari va sobiq ittifoqchilari bilan munosabatlarni buzdi. Qo‘shma Shtatlar, shu jumladan.

Prezident Jozef Baydenning Usmonli imperiyasida armanlarni qirg‘in qilish faktini tan olish to‘g‘risidagi qarori o‘zaro munosabatlar holatining natijasi bo‘ldi. Endi savol – Turkiya nima qiladi – axir (genotsid masalasining turk davlatchiligi, targ‘iboti, tarixi va boshqalar uchun muhimligini hisobga olganda) Baydenning qarori Rajab Erdo‘g‘an uchun “yuziga” haqiqiy siyosiy shapaloq bo‘ldi. Albatta, genotsid haqiqatini inkor etishda davom etish mumkin – Turkiya hozirda shunday qilmoqda ham.

“Baydenning arman genotsidini tan olish to‘g‘risidagi qarori siyosiy sabablarga ko‘ra qabul qilingan deb aytishimiz mumkin”,- dedi G.Mirzayan, RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti.

“Domino” qoidasi

Erdo‘g‘an qanday bo‘lmasin, AQSHni genotsidni tan olgani uchun jazolashi kerak. Rajab Erdo‘g‘an juda yaxshi tushunadiki, agar u AQSHning genotsidni tan olgani uchun javob qaytarmasa, u holda  boshqalar ayniqsa,  Isroil hukumati ham AQSHning ortidan borib turli bayonotlar bilan chiqishlar qilishi mumkin. Bu jarayon xuddi domino qulashi kabi sodir bo‘ladi.

Turkiya AQSh jiddiy ravishda munosib javob qaytara olmaydi. Turkiya rahbari qanday javob qaytarishi mumkin? tahmin qilib ko‘ramiz: NATOdan chiqadimi? Bu Turkiya uchun manfaatli emas. Sabab yaqin yillar mobaynida Turkiya o‘zi uchun juda ko‘p dushmanlar ortirib oldi. Erdag‘o‘n turk armiyasining qudrati, mamlakatni himoya qilish qobiliyati haqida istagancha gapirishi mumkin – ammo bu armiya juda katta kuchlarga qarshi kurashishga qodir emas.

Baʼzi turk siyosatchilari hech bo‘lmaganda Amerikaning harbiy bazasini Injirlik harbiy bazasidan chiqarib yuborishga chaqirmoqda.  Bu yaxshi variant emas, chunki amerikaliklarni chiqarib yuborish turk dushmanlariga ayni muddao bilib xizmat qiladi.

Turkiyaning yangi do‘stlari

Bir qator turkiyalik siyosatchilar AQSh tomonidan genotsidning tan olinishiga javoban Anqara Tehron va Moskva o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish kerak, deya taklif bildirmoqda. Bundan tashqari Pekin bilan ham aloqalarni yana-da mustahkamlash kerakligini bildirmoqdalar, garchi AQSH Xitoy hukumatini ham uyg‘ur-musulmonlarga nisbatan genotsid uyushtirmoqda deb daʼvo qilib kelmoqda.

Biroq, Qo‘shma Shtatlar ushbu hamkorliklarni o‘ta zaif ekanligini juda yaxshi biladi – axir Tehron ham, Moskva ham Erdo‘g‘anni strategik ittifoqchi deb hisoblamaydi. Bunga Turkiyaning Kavkazdagi, Suriyadagi agressiv siyosati hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha rejalari ham sabab bo‘ladi.

Demak, aslida Turkiyaning javob beradigan hech narsasi yo‘q.