Arkadag‘ning 54-kitobi taqdimoti 25 may kuni bo‘lib o‘tadi

Vazirlar Mahkamasining 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Bosh vazir o‘rinbosarlariga “Mening oq shaharim Ashxabod” nomli yangi kitobi ustida ishlashni tugatganligini aytgan.

Umuman olganda Arkadag‘ning mazkur kitobni yozayotgani haqida 22 mart kuni Axalteke ot sporti majmuasiga tashrif buyurganida maʼlum bo‘lgan edi. U yerda u yangi kitobga kiritiladigan “Mening oq shaharim – Ashxobod” sheʼrini poytaxtga bag‘ishlaganini aytandi.

Turkmaniston poytaxtining 140 yilligiga bag‘ishlangan kitobda shahar tarixi, geografiyasi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ko‘plab qurilgan obyektlar tasvirlangan.

Prezident kitobini taqdimotini 25 may kuni o‘tkazish bo‘yicha Bosh vazirning qurilish-sanoat kompleksi bo‘yicha o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, madaniyat va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, Davlat xavfsizlik kengashi rahbariga ko‘rsatma berdi.

Davlat rahbari ushbu asari jamoatchilik uchun qiziqarli va foydali bo‘lishiga va Ashxabodning yubileyiga yurtdoshlarga sovg‘a bo‘lishiga umid bildirmoqda.

Bu Prezidentning 54-asaridir. Avvalgi “Turkmanlarning maʼnaviy dunyosi” kitobining taqdimoti 2020 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shandan beri u xitoy, yapon, rus, gruzin, ukrain va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.