Turkmanistonda kuchli qurg‘oqchilik kutilmoqda

Meteojurnal nashri bu yil Turkmanistonda kuchli qurg‘oqchilik paydo bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda, bu 2018 yilga qaraganda kuchliroq bo‘lishi mumkin, chunki issiq havo va suv pastligi sholi ekinlarining nobud bo‘lishiga va bug‘doyning yomon hosiliga olib keladi.

Aprel oyida deyarli butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik meʼyordan ancha kam, oylik harorat esa meʼyordan 3-4 darajaga yuqori bo‘ldi.

May oyining boshlarida, aprel qurg‘oqchiligidan so‘ng, Turkmanistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lsada ko‘rsatkiz – 0,1 dan 7 mm dan oshmagan.

Bu hafta quruq va issiq ob-havo qaytadi. Havoning harorati 29-34 daraja orasida o‘zgarib turadi.

Pomir tog‘larida qish va bahorda yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lganligi sababli, yetarli miqdordagi qor yig‘ilmagan. Bu bahorda Amudaryodagi oqim hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 60 foizidan ham kam ko‘rsatkichda.

“Bu mutlaqo odatiy hodisa emas, aksincha, yilning shu davrida daryoda, meʼyorga ko‘ra, tog‘lardagi qorning erishi va bahorgi yog‘ingarchilik tufayli oqava suvlar, ko‘payishi kerak”deb yozmoqda nashr.

Suv tanqisligi sababli 11 yil ichida birinchi marta daryoning suvlari Katta Orolning sharqiy qismiga kirmaydi.

Shuningdek, suv omborlarida sezilarli suv tanqisligi mavjud. Masalan, “Tuyamuyun” gidroelektr majmuasi suv omborlarida suv hajmi 2,5 km3 bo‘lsa, “o‘lik hajm” 2,55 km3 deb hisoblanadi.

Suv omborining “o‘lik hajmi” bu to‘plangan suvning bir qismidir, endi uni sug‘orish va boshqa maqsadlarda ishlatib bo‘lmaydi, chunki uning darajasi to‘g‘on suv o‘tkazgichi darajasidan pastroqda bo‘ladi.

Turkmanistonning eng katta suv omborlaridan biri “Xonuzan” ham sayoz bo‘lib qolgan. May oyining boshlarida suv ombori yuzasining maydoni taxminan 150-155 kvadrat kilometrni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning taxminan 70% ni tashkil qiladi.

Turkmaniston Prezidenti G.Berdimuhamedov ham sug‘oriladigan suv tanqisligidan xavotirga tushib, 7 may kuni u agrosanoat majmuasini nazorat qiluvchi Bosh vazir o‘rinbosariga daryolar va suv omborlarining yuqori oqimini tekshirishni, ularni tozalashni va qishloq xo‘jaligiga suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni iloji boricha tezroq joriy etishni buyurdi.

Aprel oyida Lebop viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini ijarachilari sug‘orish suvi yetishmasligi sababli fermerlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar to‘g‘risida xabar bergan edik.