Xitoyda tug‘ilish keskin pasayishi kuzatilmoqda

Xitoy hukumati aholisi o‘sishining keskin pasayishidan xavotir bildirmoqda.

Biroq, Xitoy manbalariga ko‘ra, “2020 yil oxiriga kelib, mamlakat aholisi 1,411 milliard kishiga yetgan va o‘n yil ichida atigi 72 millionga ko‘paygan”.

Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi 2020 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni mamlakatda katta ocharchilik bo‘lgan 1961 yildan beri eng past ko‘rsatkich bilan teng bo‘lganini taʼkidlamoqda. So‘nggi yillarda tug‘ilishning keskin pasayishi va umr ko‘rish davomiyligining o‘sishi demografik inqirozga olib kelishi mumkin, bu esa Xitoyning iqtisodiy o‘sishiga putur yetkazadi.

Bir necha yil oldin Xitoy hukumati 1980 yildan beri amal qilib kelayotgan “bitta bola” siyosatini bekor qilgan edi. Ammo bu ham yordam bermadi, so‘nggi 4 yil ichida mamlakatda tug‘ilish darajasi pasayib bormoqda.

G‘arb tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, aynan Shinjonda uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqalar o‘rtasida tug‘ilishni nazorat qilish fonida, majburiy sterilizatsiya qilish yo‘li bilan Xan aholisining keskin kamayishi qayd etila boshlandi.

Shinjon aholisi 2016 yilda Xan aholisiga qaraganda tezroq o‘sdi, ammo 2017-2018 va 2019 yillarda turkiyzabon ozchiliklar o‘rtasida tug‘ilish darajasi keskin kamayishi kuzatilmoqda.