Rossiyada may bayramlari rasmiylarning reytingini pasaytirdi

Putinga bo‘lgan ishonch 62% dan 58% gacha, “YER” reytingi 33% dan 30% gacha tushdi. Bunga sabab – uzoq muddatli dam olish kunlaridagi “pulsizlik” va kelajak uchun tashvishdir.

May oyi taʼtillari aholining oylik maoshlariga “qattiq zarba” berdi. Dam olish yakuniga yetkach yetishmovchilik va qiyinchilik yana-da ortgan. Aholining hukumatga nisbatan nafrati ortib bormoqda. Bu esa yaqinda o‘tkazalishi kutilayotgan Davlat Dumasiga saylov kampaniyasining boshlanishiga taʼsir o‘tkazishi aniq.

Bugungi “hokimiyat partiyasi” to‘laqonli kampaniyani olib bormoqda, ammo eski usullar asta-sekin o‘z samarasini yo‘qotmoqda hatto – ular aholini bezdirmoqda. Ko‘p bannerlar, qutilarga qo‘yilgan gazetalar, boshlang‘ich saylovlar uchun ovozlarni sotib olish – bularning barchasi partiyaga bo‘lgan munosabatni yomonlashtirmoqda deyilmoqda.

Bundan tashqari, saylovlarda partiya rahbari aniqlanmagan. Katta ehtimol bilan Dmitriy Medvedev bo‘lishi tahmin qilinmoqda, ammo uning yuqori anti-reytingini hisobga olgan holda, bu “Yagona Rossiya” reytingiga salbiy taʼsir etishi mumkin.