Xukumat tomonidan ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishga ajaratilayotgan mablag‘ oshib bormoqda

Kremlning oppozitsiyani kuzatishi byudjetga 500 million rublga (tahminan $6,5 mln.USD) tushadi. (bu faqat kuzatish uchun sarflanadi. Unga qarshi ssenariylar ishlab chiqish va prognozlar uchun alohida markazlarlar ishlaydi.)

Rossiya hukumati 2021 yilda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni kuzatishni sezilarli darajada kengaytirishga qaror qildi. Saylov jarayonlari va muxolifat haqidagi xabarlarni tahlil qilish uchun byudjetdan rekord miqdorda mablag‘ sarflanadi.

Davlat Dumasiga saylovlar oldidan Prezident administratsiyasi va hukumat ommaviy axborot vositalari, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar ustidan monitoringni kengaytirmoqda – endi ular mamlakatdagi voqealarga fuqarolarning munosabati, saylov jarayonlari, shuningdek siyosiy partiyalar va muxolifat haqidagi xabarlarni tahlil qilishadi. “Ochiq media” maʼlumotlariga ko‘ra, bu haqda davlat xaridlari veb-saytida joylashtirilgan monitoring xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan.

Yangi xizmatlarning dolzarbligi “tarqatish” va “tuhmat va buzg‘unchi xarakterdagi” maʼlumotlarni joylashtiriladigan, ommaviy axborot vositalari sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa manbalar taʼsirining kuchayishi bilan bog‘liq. Yil oxirigacha amal qiladigan shartnomaning qiymati 295 million rublni ($4 mln. USD) tashkil etdi. O‘tgan yil oktyabr oyida shunga o‘xshash uch oylik muddatga 193 million rubl ($2 mln. USD) miqdoridagi shartnoma ham imzolangan edi, deya maʼlumotlarni ochiqlamoqda manbaa.

Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirligi har yili Prezident maʼmuriyati va hukumat uchun shunga o‘xshash shartnomalar tuzadi, ammo avvalgi xizmatlar o‘rtacha 70 million rublni tashkil qilar edi. 2018 yilda imzolangan uch oylik oktyabrdan dekabrgacha bo‘lgan yana bir shartnoma qiymati 31 million rublni ($500ming USD)  tashkil qilgan. Shunday qilib, Prezident maʼmuriyati  uchun bunday xizmatlarning yillik narxi besh baravar o‘sishi mumkin.

Shartnomaga muvofiq, prezident matbuot xizmati axborot paketi “Rossiyadagi saylov jarayonlari”, “siyosiy partiyalar va tizimli bo‘lmagan muxolifat”, “korrupsiyaga qarshi kurash” kabi sohalarda tahlil qilishga imkonini berishi kerak. Xizmatni bajaruvchi ommaviy axborot vositalarida prezident ishtirokidagi tadbirlarning yoritilishini tahlil qilish, norozilik namoyishlari, tartibsizliklar, ishsizlik bilan bog‘liq mavzular, chet el matbuotida prezident haqidagi materiallar va dunyodagi Rossiyaga munosabatni tahlil qilish uchun monitoring tizimini o‘rnatishi kerak. Shuningdek, hududlar va qonun chiqarish bilan bog‘liq yig‘ilishlar hamda hukumat rahbarlari faoliyatini yoritishni ham tahlil qilishi belgilangan. Umuman olganda, Bosh vazirning faoliyati yoritilishi uchun tuzatilgan shartnomalar ham huddi shu tartibda amalga oshiriladi.

Tizim, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriya hajmi, aloqadorlik darajasi va auditoriyaga taʼsiri bo‘yicha “Top 100” mualliflarining ro‘yxatini, ismini, avatarini, xabarlarning “ohangini” ko‘rsatib, reyting mualliflari tomonidan “aktivlik” vaqtlari va muhitini aniqlashi kerak.