Yaqin sharqdagi mojaroda arab davlatlari kim tomonda?

Falastin-Isroil mojarosida BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan aholisi o‘z hukumatlaridan Turkiya va Eronga qo‘shilishni talab qilib Isroilni Falastinga qilingan hujumlar uchun rasman va qatʼiy qoralamoqda.. Ammo, bu qarashlar hozircha katta muvaffaqiyat olib kelmagan.

Ijtimoiy tarmoqlar Al-Aqsodagi dindorlar manfaatlari va umuman Isroil tomonidan musulmonlarning huquqlarini buzilishidan g‘azablangan, musulmon dunyosining asosiy advokati rolida Rajap Toyyip Erdo‘g‘anni faol ravishda targ‘ib qilmoqda. Va bu tasodif emas. Turkiya prezidenti anchadan beri o‘z nutqlarida musulmonlarni himoya qilib mojaro zonalari: Suriya, Qorabog‘, Falastin, Myanma, Kashmir va Liviyani mavzusidan faol foydalanib kelmoqda.

Ammo Falastin masalasida musulmonlarning to‘liq birlashuvi shubhali ko‘rinmoqda. Darhaqiqat, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistonining gipotetik birlashishi Isroilning mintaqadagi mavqeiga katta putur yetkazishi mumkin, ammo bir biri bilan unchalar yaxshi aloqada bo‘lmagan Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi muzokaralar boshlangani haqidagi xabarlarga qaramay, Falastin tufayli dushmanlikning tugashi haqida gapirishga hali vaqtli.

Qolaversa, Saudiya qirolining BAA, Quvayt va Bahrayndagi ittifoqchilari Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bilan faol shug‘ullanmoqdalar.

Erdo‘g‘an hozir Isroilga faqat so‘z bilan tahdid qila oladi. Hozirda eng real strategiya: BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti, G20 doirasida Falastin tashabbuslarini ilgari surish uchun boshqa Islom davlatlarini birlashtirish uchun turk diplomatiyasini faollashtirish. Ushbu tashabbuslar Falastinni ishg‘oldan chiqarish jarayonida Isroilga jiddiy majburiyatlarni yuklaydigan embargo, sanksiyalar yoki qarorlar sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Lekin, ayniqsa, AQSHning Isroilga tezotar qurollarni sotish loyihasini maʼqullashi fonida bu ishlar amalga oshadimi?