Qirg‘iziston prezidentining sobiq sherigi uni 10 million dollar pora olganlikda aybladi

Muxolifat davlat rahbarining isteʼfosini talab qilmoqda.

Sadir Japarov pora olishda ayblanmoqda. Aytilishicha, u pulni Qirg‘izistonning eks-prezidenti Sooronbay Jeenbekovdan “xavfsizlik kafolati evaziga” olgan. U porani saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun olgan va prezidentlik poygasi paytida qonunni jiddiy ravishda buzgan. Japarovning sobiq sherigi Melis Aspekovning aytishicha “prezident nafaqat pora olgan, balki saylov kampaniyada doirasida saylovoldi shtabi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan mablag‘larni ishlatgan”.

Aspekov bayonotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tergov izolyatoridan maʼlum qildi. Eslatib o‘tamiz, Japarovning sobiq sherigi yil boshida tovlamachilik uchun hibsga olingan. Bungacha Aspekov amaldagi prezidentning Chuy viloyatidagi saylov shtabini boshqargan.

Prezident matbuot xizmati Aspekov “davlat rahbarini obro‘sizlantirishga urinmoqda”, deb hisoblamoqda. Hokimiyatdagilar Japarovning sobiq sherigining so‘zlariga ishonishmaydi, ammo muxolifatdagi «Islohot” partiyasi ishonmoqda va: “Deputatlarni Japarovni impichment tartibini boshlashlari kerakligi, bundan so‘ng, bosh prokuror esa aytilgan barcha faktlarni tekshiradi” – deb bayonot bergan.

Sizningcha, Qirg‘iziston prezidenti aybdormi?