Rossiya Markaziy Osiyoni tark etmaydi

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko Qozonda bo‘lib o‘tgan “Valday” klubi sessiyasida aytib o‘tgan.

Bundan tashqari ishtirokchilar eʼtirof etib o‘tgan faktlar:

▪️Rossiya va O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik davom etadi.

▪️Rossiyaning mintaqadagi sarmoyalari qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi, bundan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlarida 10 mingdan ziyod rus va qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda. Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi 2020 yilda 28 milliard dollardan oshdi.

▪️Pandemiya davrida Rossiya katta yordam berdi – tibbiy yordam va vaksinalar yetkazib berish. Ushbu bayonot bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari chiqish qildi.

Ammo yana bir yangi omil – AQShning Afg‘onistondan chiqib ketishi.

▪️G‘arb davlatlarining Afg‘onistonda demokratiya uchun sharoit yaratishga bo‘lgan urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Mamlakatda endi ikkita mumkin bo‘lgan yo‘l bor:

– Markaziy Osiyo mamlakatlariga integratsiya

– unchalik maqbul bo‘lmagan variant: mamlakatni “Buyuk Sharq” orbitasiga Eron va Pokiston bilan qo‘shib qo‘yish.

▪️Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy loyihalar orqali “tinchlikparvar” rolini o‘z zimmasiga olishdan boshqa iloji yo‘q.