Google Roskomnadzorni sudga berdi

Roskomnadzorda Googlega tegishli bo‘lgan YouTube videoxostingida joylashtirilgan “noqonuniy kontent”ga 12 ta havolani: shu jumladan, voyaga etmaganlarni, 2021 yil yanvarda o‘tkazilgan ruxsatsiz mitinglarda qatnashishni taqiqlash talablari to‘g‘risida murojaat qilingan deya tushuntirish berilmoqda. Google esa bu masalada biror bir izoh beramasligini aytdi.

Google va Roskomnadzor ishtirokidagi ishlar hozirda bir necha yo‘nalishda davom etmoqda. Eng mashhurlardan biri bu “Sargrad” telekanali Googlening YouTube dagi kanali bloklanganidan keyin unga qarshi boshlaganligi. Moskva arbitraj sudi 13 aprel kuni blokirovkani noqonuniy deb topgan, garchi Google buni sanksiyalar rejimiga rioya qilish bilan izohlagan bo‘lsada (telekanal egasi Konstantin Malofeyev AQSH sanksiyasida). Rossiya sudi jazo sifatida kompaniyadan boshlang‘ich qiymati 100 ming rubl bo‘lgan progressiv sud ziyonini undirish to‘g‘risida qaror chiqardi. sud xujjati bajarilmagan har bir kun uchun summani haftasiga ikki baravar oshirib borish sharti bilan bajarilishi kerak. Ushbu qaror hali kuchga kirmagan, chunki Google apellyatsiya shikoyatini 20 may kuni bergan.

Google Rossiyadagi sud protsesslarining kamdan-kam ishtirokchisi hisoblanadi. Mutaxassislar kompaniyaning sudga kutilmagan murojaatini rasmiylar tomonidan kuchaygan bosimi bilan bog‘lashmoqda. “So‘nggi paytlarda davlat idoralari Google saytlaridan kontentni olib tashlash bo‘yicha talablarini kuchaytirdi va ro‘yxat doimiy ravishda kengayib bormoqda, shuning uchun kompaniya o‘z manfaatlarini himoya qilib, munosabat bildirishi maqsadida “Google MCHJ” sho‘ba korxonasidan emas, balki bosh kompaniya nomidan daʼvo bilan chiqdi. Google ushbu qarorni boshqa yurisdiksiyalarda eʼtiroz bildirish umidida Rossiyada birinchi va apellyatsiya shikoyatlarida yutqazganligini sabab Yevropa sudiga chiqishga harakat qilmoqda biroq, “Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar asosida Yevropa va xalqaro sud organlarining qarorlarini bajarish Rossiya uchun majburiy emas” deya qo‘shimcha kiritilgan…

Mana shunaqa gaplar