NATO mamlakatlari o‘z harbiy guruhlarini KXShTning g‘arbiy chegaralari yaqinida qurishmoqda

KXShT shtab-kvartirasi yig‘ilishida tashkilot bosh kotibining o‘rinbosari Valeriy Semerikov shu haqda maʼruza qildi. Asosiy narsa:

▪️G‘arbiy yo‘nalish. Qo‘shma Shtatlar va NATO o‘z kuchlarini Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Boltiqbo‘yi davlatlari hududida – KXShT davlatlari chegaralari yaqinida to‘plamoqda. Shu bilan birga xalqaro qurol nazorati yo‘q qilinmoqda.

▪️Kavkaz. Ozarbayjon, Armaniston va Rossiyaning Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi uch tomonlama Deklaratsiyasi qabul qilingandan so‘ng, u yerda vaziyat umuman barqarorlashdi.

Biroq, Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi so‘nggi keskinlik shoshilinch choralarni talab qilmoqda – birinchi navbatda chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish.

▪️ Markaziy Osiyo. Mintaqa strategik ahamiyatga ega. U uglevodorod zaxiralariga ega, transport kommunikatsiyalari u orqali o‘tadi. Bu Markaziy Osiyoni jahon kuchlari o‘rtasidagi raqobat zonasiga aylantiradi.

Shu bilan birga, suv tanqisligi, notinch chegaralar va mojaro zonalari mavjud. Shuning uchun, Markaziy Osiyo davlari zaif. KXShT tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash borasida jiddiy yutuqlarga erishdi.