Qirg‘iziston parlamenti chegaraoldi tumanlaridagi tinch aholiga qurollarni tarqatishni rejalashtirmoqda

Ushbu g‘oya Tojikiston bilan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng paydo bo‘ldi, deya xabar berilmoqda.

Ushbu taklif “chegara masʼullari” to‘g‘risidagi qonun loyihasiga kiritilgan.

Qonun loyihasiga kiritilgan “masʼullar” maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak va “chegara xizmatiga axborot yetkazish” bilan shug‘ullanadi.

Fuqarolarga berilgan qurollardan tashqari, qonun ularni yiliga ikki marta harbiy tayyorgarlikdan o‘tishga majbur qiladi va harbiylar bilan teng ravishda ijtimoiy sug‘urtadan foydalanish imkoniyatini beradi.

Hozirda 140 qirg‘izistonlik chegara masʼullari maqomiga ega.

Ushbu qonun loyihasi bo‘lishiga qaramay, chiqarilgan qurol qayerda va qanday saqlanishini hech kim bilmaydi. Deputatlar uni harbiy qismlarda va politsiya bo‘limlarida seyflarda saqlanishiga barchani ishontirishga harakat qilmoqda.

Ammo qonun loyihasi matnida qurol saqlash to‘g‘risida bironta ham so‘z yo‘q.

Kelajakda undan jinoiy ishlarda yoki shaxsiy manfaatlarni himoya qilish uchun foydalanilmasligiga kafolat yo‘q.

Markaziy Osiyo mintaqasida yana chegara hududida qurol olib yurish va umuman aholi orasida tarqatilishi tinchlik o‘rnatish maqsadida bo‘lsada, oqibat yaxshilik bilan yakunlanmasligi aniq. Aholini qurol-yarog‘siz qo‘zg‘atish oson bo‘ldiku, agar qo‘liga qurol berib qo‘ysa, qanday oqibatlarga olib borishini tasavvur etish qiyin emas!

Shu qurollarga sarf etiladigan mablag‘larni suv muammosi yechimiga yo‘naltirishsa bo‘larmidi?

Japarovni Rossiyaga borib kelishi ortidan qurol-yorog‘ni qayerga ishlatishni bilmay aholi orasida tarqatib qo‘ya qolmoqchimi? Yoki Rossiya barcha davlatlar bilan urushib bo‘lib, atrofidagi jonli va ishonchli “chegaralari” bilan o‘ynashmoqchimi? Bu Rossiya uchun go‘yoki ildizini o‘z qo‘li bilan quritishga tengku!

Balki, Qirg‘iziston ikkinchi Afg‘oniston bo‘lmoqchidir?!