Namoz uchun ishdan bo‘shatilgan korxona xodimlari 5,5 million dollar oladi

AQShning JBS USAgo‘shtni qayta ishlash zavodi ishdan bo‘shatilgan musulmon xodimlariga 5,5 million dollar tovon puli to‘laydi, deb xabar bermoqda Reuters. Rahbariyatning taʼkidlashicha, musulmonlar Ramazon oyida ibodat uchun “juda uzoq” tanaffus qilganliklari uchun ishlaridan ayrilgan.

So‘nggi bir necha yil ichida Koloradodagi go‘shtni qayta ishlash zavodiga qarshi Somalidagi musulmon ishchilaridan bir qator shikoyatlar va daʼvolar kelib tushgan. Ish yuritish ishchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish komissiyasi tomonidan olib borilgan.

Xususan, JBS korxonalarida ishlagan musulmonlar, Amerika qonunchiligi musulmon xodimlarga diniy vazifalarni bajarish huquqini kafolatlaganiga qaramay, ish beruvchini diniy sabablarga ko‘ra kamsitishda va namozga tanaffus berishni qatʼiyan rad qilishda aybladilar.

2017 yil avgust oyida okrug sudyasi Filipp Brimmer JBSda ishchilarning namoz tanaffuslari ishlab chiqarishni sekinlashtirayotganligi to‘g‘risida sudda bahslashishni taqiqladi. Keyin kompaniya ishchilarning vaqt jadvallarini bekor qildi, bu esa daʼvogarlar uchun kamsitilishini isbotlashlarida yana-da qiyinchilik tug‘dirdi.

Sud jarayoni bir necha yil davom etdi. Natijada, go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan kompaniya, federal komissiya va jabr ko‘rgan ishchilar o‘zaro kelishuvga erishib, uni Kolorado sudiga topshirdilar.

JBS sudda yutqazmaslik va undan ham yuqori jarima hamda ishchilar tomonidan yuqori talablar qo‘yilmasligi uchun sobiq ishchilarga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi.

Shu yilning may oyida American Airlinesning bosh direktori Dag Parker musulmon xodimlar bilan ularni yaxshiroq tushunish uchun bir kunlik anʼanaviy ro‘za tutganligini aytdi.

Rahbar Parkerning aytishicha, u 15 soat davomida yeb-ichmagan va natijada bu uni musulmon xodimlariga katta hurmat uyg‘otgan hamda ularning eʼtiqodiga sodiqligini tushunib yetgan.