Tolibon rahbari kamida 12 oy avval o‘lgan bo‘lishi mumkin

Tolibon rahbari mulla Xaybatulloh Oxund kamida 12 oy davomida uning sheriklari bilan, shu jumladan Dohada muzokaralar olib borayotgan Tolibon guruhi bilan aloqada bo‘lmagan. Bu haqda Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Hamdulla Mohib Afg‘oniston va mintaqa mamlakatlari razvedka xizmatlari maʼlumotlariga iqtibos keltirgan holda maʼlum qilgan.

Yil davomida Tolibon va ularning yetakchisi o‘rtasida aloqalarning yo‘qligini faqat bitta narsa bilan izohlash mumkin – mulla Haybatulloh endi tirik emas.

So‘nggi 12 oy ichida toliblar nomidan yarashish va jangovar harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarning aksariyati Tolibon harakati yetakchisining o‘rinbosari Sirajuddin Xoqoniy tomonidan qabul qilinganligi bu xulosani qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq, turli manbalar mulla Xaybatulloh 2020 yil iyulida kovid yuqtirgani, shuningdek, 2021 yil fevralida Pokistonning Kvetta shahrida o‘ldirilgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Tolibon o‘z rahbarining o‘limi haqidagi shubhalarni rad etmoqda, ammo aytayotgan gaplarini hech qanday maʼlumot bilan tasdiqlamadilar.

Bir yildan oshiq vaqt mobaynida mulla Xaybatullohning murojaatlari na audio va na video yozuvlar orqali tarqatilmadi. Iyd al-Fitr munosabati bilan Tolibon rahbarining qilgan murojaatlari faqat matn shaklida sahifalarda tarqatilgan.

Shunday qilib, Tolibon o‘z rahbarining o‘limi faktini yashirmoqda, deb taxmin qilish uchun asosli sabablar bor, asosiy qarorlarni Pokiston razvedkasining ishonchli vakili, Haqqoniy tarmog‘ining rahbari Sirojuddin Xoqoniy qabul qilmoqda.

Vaziyatning shov-shuvli tomoni shundaki, ularning rahbari vafot etganligini yashirib, yangi jangarilar tomonidan bayat (sadoqat qasamyodi) berilishini qabul qilib olinishida chunki, marhumga bayat berish qatʼiy manʼ etilgan bo‘lib, islom meʼyorlari bilan taqiqlangan.

Aslida toliblarda o‘liklarga sig‘inish tobora rivojlanib bormoqda – bu harakatning rahbari sifatida, uning nomidan turli qarorlar qabul qilinmoqda.

Bu Tolibon rahbarlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchilarni avtomatik ravishda Islomdan chiqarib yuboradigan shirkda ayblash uchun asos yaratadi.

“Tolibon o‘z tarafdorlarini qabrga sig‘inadigan nekrofil mazhabga aylantirmoqda”, deb yozmoqda maqola muallifi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari toliblar ikki yil davomida birinchi rahbar Mulla Umarning o‘limi faktini yashirgan, uning nomidan qarorlar qabul qilingan va yangi jangarilar tomonidan unga bayatlar berilgan edi.

Keyinchali fakt oshkor bo‘lganda toliblar o‘likka sig‘inish ayblovlarini zo‘rg‘a inkor etgan edilar.