Xitoy qo‘shnilarimizdan yana biriga yordam berishga qaror qildi

Xitoy rahbariyati Qirg‘izistonni oziq-ovqat va grantlar bilan taʼminlaydi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni 40 ming tonna un, 20 ming tonna shakar, 20 ming tonna o‘simlik yog‘ini oziq-ovqat yordami sifatida va mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun 350 million yuanni (54 million dollar atrofida) grant sifatida berishni rejalashtirgan.

Muzokaralar doirasida, Qirg‘izistonga 150 ming doza miqdoridagi xitoy vaksinasi insonparvarlik yordami sifatida bepul berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Japarovning matbuot xizmati, shu bilan birga, Qirg‘izistonning XXR oldidagi davlat tashqi qarzi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun qo‘shimcha to‘lovni undirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini, shuningdek, grant loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xitoylik mutaxassislarni Pandemiya sababli vaqtincha to‘xtatildi deyilmoqda.

Bunday iltifotlardan so‘ng yaqin kunlar ichida Japarovning Xitoyga rasmiy safari kutilmoqda.

P.S. Biroz vaqt o‘tkach Qirg‘izistondagi qaysidur kon yoki yer uchastkasi Xitoyga “vaqtinchalik” foydalanish uchun berib turilibdi deyilgan xabar o‘qib qolsak ajab emas.

Oxirgi vaqtlar mintaqada yer olib berib yuborishlar juda osonlik bilan hukumat tepasida xal bo‘lib ketaveradigan oddiy jarayon bo‘lib qoldi.