Rossiya Federatsiyasida muhojirlar soni kamaydi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi va “Gaydar” nomidagi davlat instituti mutaxassislari:

2021 yil 1 may holatiga ko‘ra ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish maqsadida kelgan mehnat muhojirlari soni 2,68 million kishini tashkil etgan. Bu esa 2020 yilga nisbatan pasayish 35% ni tashkil etgan.

Rossiyaning turli amaldorlari iqtisodiyotning bir qator sohalarida ishchilar yetishmasligini bir necha bor aytdi.

Byudjetda ham kamomad kuzatilgan – birinchi chorak natijalariga ko‘ra, mehnat muhojirlari Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy byudjetlariga (patentlarni to‘lash) 8,91 milliard rubl o‘tkazgan. Bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 20% kam mablag‘ demakdir.