AQShning sobiq rahbari Donald Tramp akkaunti kamida 2023-yilning yanvariga qadar blokda bo’ladi

Bu haqda 5-iyun kuni “Facebook” ma’muriyati ma’lum qildi.

👉  Trampning “Facebook” sahifasi 6-yanvar kuni AQSh Kongressiga qilingan bosqin ortidan yopib qo’yilgan edi. “Facebook” jamoasi sobiq prezidentni o’z tarafdorlarini jinoyatga undaganlikda aybdor deb hisoblaydi.

👉  2022-yilda o’tadigan AQSh Kongressiga saylovlar davrida Trampning “Facebook”, “Twitter” va “Youtube” kabi yirik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va kanallari blokda bo’ladi.

👉  “Facebook”ning bunday qarori 2020-yilda o’tgan soxta saylovlarda menga ovoz bergan 75 million fuqaroga nisbatan haqorat. Bu senzura ustun kelganini anglatmaydi. Oqibatda biz baribir g’alaba qozonamiz. Mamlakatimiz bunday haqsizlikka ortiq bardosh bera olmaydi”, – deya e’tiroz bildirdi Tramp.

👉 “Zebra navbatdagi ikki yilda tanasidagi chiziqlar o’rnini almashtirishiga ishonmayman”, – deya kinoya qildi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Trampning arziga javoban.