Toliblar Turkmaniston chegarasi yaqiniga kelib qoldi

Toliblar Afg‘onistonning Qaysar tumaniga bostirib kirishdi (Turkmaniston chegarasigacha 80 km). Afg‘onistonning 30 xavfsizlik kuchlari Faryob viloyatida Tolibonga taslim bo‘ldi.

Kamida 10 nafar xavfsizlik xodimi o‘ldirilgan.

Afg‘oniston mudofaa va ichki ishlar vazirliklari tomonidan Qaysardagi vaziyat bo‘yicha hali ham rasmiy bayonotlar berilgani yo‘q.

Ammo o‘tgan payshanba kunidan boshlab Toliblar Doab hududini egallab olgani maʼlum bo‘ldi. Hukumat kuchlari 20 kunlik qarshilikdan so‘ng Doabni Tolibonga topshirdi.

Keyinchalik, Zobul va Uruzgan provinsiyalarining janubidagi ikkita tuman ham taslim bo‘ldi, deya xabar bermoqda internet nashri.