iPhone egalari yangi yangilanishdan dahshatga tushmoqdalar.

Smartfon ishlash vaqti sezilarli darajada qisqardi. “Vaziyat shu qadar yomonki, men iPhone 7 smartfonimdan 2 soat foydalana olmayapman – uning batareyasi tugamoqda.”

iPhone foydalanuvchilari so‘nggi Apple iOS 14.6 dasturiy taʼminoti yangilab bo‘lgandan so‘ng, batareyalar bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishdi. Apple foydalanuvchilari forumi bu boradagi shikoyatlarga to‘lib ketdi. Foydalanuvchilar bu masalani ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, kompaniyaning eʼtiborini jalb qilishga harakat qilishmoqda.

iAppleBytes nomli Yutuber hatto dasturiy taʼminot iOS 14.6 gacha yangilanganidan keyin iPhone ning 7 xil modelida batareya ishlashini namoyish qiluvchi videoni namoyish qildi. Natijalar esa shunchaki qoniqarsiz: testda ishtirok etgan smartfonlardan faqatgina iPhone XR va iPhone 11 uch yarim soatdan ko‘proq vaqt ishlashga muvaffaq bo‘ldi:

Nima uchun iOS 14.6 smartfon batareyasini bunchalik tez tugatadi degan savolga javob yo‘q. Shikoyatlardan biriga sharh bergan Apple ning texnik ko‘magi “eng yaxshi yechim bu iPhone dagi dasturiy taʼminotni yangilashdir” deb yozmoqda. Shunday qilib, tez orada moslamalarni quvvati bilan bog‘liq muammolarni hal qiladigan yangilanish paydo bo‘lishi mumkin.