Tojikiston tashqi dushman obrazini yaratishga harakat qilmoqdami?

4 iyunga o‘tar kechasi tojikistonlik chegarachilar tojik-qirg‘iz chegarasining bahsli qismini kesib o‘tib, Qirg‘iziston hududiga 1 km kirgan va konteyner o‘rnatgandi. Qirg‘izistonlik mutaxassislar bu qasddan qilingan provokatsiya ekanligini taʼkidladilar.

Savol tug‘iladi, Tojikistonni bunday qadam tashlashga nima majbur qildi?

Tojikiston prezidenti 68 yoshda. U mamlakatni 1992 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Rahmon lavozimida hokimiyatni yo‘qotmaslik va o‘z o‘g‘liga hokimiyat tranzitini kafolatlash maqsadida mamlakat iqtisodiy aktivlari ustidan nazoratni kuchaytirish bilan band.

Rejim iqtisodiyotdagi ichki muammolar tufayli tashqi dushman obrazini yaratishga urinmoqda. Bir oy avvalgi voqealardan so‘ng Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaraga qulf osdi. Buning oqibatida Tojikiston muammolarga duch kela boshladi. Bu, avvalambor, Qirg‘iziston orqali Rossiyaga mahsulot eksport qiluvchi fermerlarga taʼsir ko‘rsatdi. Endi ular uchun faqat O‘zbekiston orqali yo‘l bor, lekin bu ancha qimmat. Bu yo‘l orqali tashish foydasiz va sabzavotlar dalada chiriy boshladi.

Tojikistonda Qirg‘iziston orqali import qilinuvchi ko‘plab tovarlarning narxi ko‘tarildi. Bishkek ilgari eʼtibor qilmagan barcha kontrabanda yo‘llarini yopdi. Natijada, mamlakatda hukumat siyosatidan norozilik paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun Tojikiston rahbariyatiga Qirg‘iziston bilan chegarada yaratilayotgan tashqi omil, tashqi dushman kerak.

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov barcha masalalar faqat tinch yo‘l bilan hal etilishini eʼlon qildi. Ammo, Dushanbe muloqotga shoshilmayapti, bu esa o‘z o‘zidan nizo uchun vaziyat yaratmoqda, – deb yozmoqda xorijiy nashrlar.