A.Atamboyev jarrohlik amaliyotiga muhtojligi aytilmoqda

Almazbek Atamboyevning advokati uni jarrohlik amaliyotiga muhtojligini taʼkidlamoqda.

Qamoqda bo‘lgan Almazbek Atamboyevning advokati Zamir Jo‘shevning so‘zlariga ko‘ra, mijoziga operatsiya zarur.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning sobiq prezidentida intervertebral churra hamda yurak bilan bog‘liq kasalliklarni davolashga ehtiyoj bor, “47-sonli koloniya devorlari ichida to‘liq tibbiy yordam olishning iloji yo‘q”, dedi Zamir Jo‘shev.

Sobiq prezidentning tarafdorlari sudya tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasini bir oydan beri o‘tkaza olmaganliklarini aytmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi Jazolarni ijro etish davlat xizmati maʼlumotlarga aniqlik kiritilgandan so‘ng ushbu masala bo‘yicha aniq bir maʼlumot berilishini aytgan.

Almazbek Atamboyev 47-sonli koloniyada, u yerda 2020 yil dekabr oyi oxirida sog‘lig‘i sababli tergov izolyatoridan ko‘chirilgan. So‘nggi oylarda u o‘zi ishtirok etgan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud majlislarida qatnashmadi

Advokatlari esa unga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida bir necha bor tegishli tartibda sudga murojaat qilishdi.

Biroq…