Tojikistonga yetkazilayotgan harbiy texnikalar

Bir necha kun avval saytda Qozog‘iston Qirg‘izistonga harbiy-texnik vositalar bilan yordam ko‘rasatayotgani hamda ajratilgan texnikalar ro‘yxati eʼlon qilingan edi.

Harbiy-texik vositalar bilan taʼminlash navbati Tojikistonga keldi.

Qozog‘iston Tojikistonni harbiy texnika bilan bepul taʼminlashga qaror qildi, deya xabar berilmoqda internet nashrida. Unga ko‘ra quyidagi texnik vositalar ajratilmoqda:

·         82 mm minometlar – 10 000 dona;

·         PS 5.45 mm o‘q bilan patronlar – 3 million 240 dona;

·         23 mm – 20, 076 dona patronlar.

Harbiy-texnik yordam to‘g‘risidagi bitim Qozog‘iston Prezidentining Tojikistonga tashrifi davomida 2 kunlik muhokama mavzularidan biri bo‘lgan. Rasmiy ommaviy axborot vositalarida Raxmon bilan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilinmadi, balki, ularni faqat gidroelektr stansiyasining elektr jihozlari va temir yo‘l uchun teplovozlar yetkazib berish haqida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berildi.

Bunday mavzular prezidentlar darajasida tashkil etilishi shart emasligi aniq. Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketilishi hamda Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida, Raxmonning Putinga shoshilinch safaridan so‘ng amalga oshirilgan ikki kunlik tashrifi davomida nima ham muhokama qilinishi mumkin edi?

Aslida Tojikiston prezidentining amalga oshirayotgan safarlari chog‘idagi bitimlar jamoatchilikka to‘liq yetkazilmaydi shu oyning boshida Pokistonga tashrifi mobaynida ham mudofaa uchun sotib olishi kelishilgan qurol-yarog‘lar bo‘yicha birorta OAV xabar bermadi.

Biroq, Pokiston tomon asosiy urg‘uni mintaqa davlatlari ichida Tojikistonga yetkazilib berilishi rejalashtirilgan harbiy-texnik vositalar bo‘yicha bitim imzolanganligi yoritildi. Bu haqda mazkur havolada tanishishingiz mumkin.