KXShT o‘zi kerak tashkilotmi?

Rossiya, Belorusiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘z ichiga olgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti hozirda og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Qorabog‘dagi mojaro va Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi chegara to‘qnashuvidan so‘ng, faqat dangasa inson KXShT faoliyatini tanqid qilmadi. Ko‘pchilik esa bu tashkilotni eskirganligiga ishonmoqda.

Tashkilot faoliyatiga shubha paydo bo‘lishining yana bir sababi – bu NATO davlatlarining Rossiyaga tazyiqi tufayli qo‘rquv; KXShT aʼzolarining hech biri Rus podshosini G‘arb bilan bo‘lgan muammolariga aralashmoqchi emas.

Qo‘shimchasiga mashhur “ko‘pvektorli yo‘nalish”, KXShT davlatlarining bir-birini qo‘llab-quvvatlashni istamasligi, tashkilotdan ichki siyosiy muammolarni hal qilishda foydalanishga urinishlar, qolaversa tashkilotni urush vaziyatida bo‘lgan davlatlardan biri tomonida qatnashishi harbiy ittifoqqa yordam bermaydi, balki uni buzmoqda.

Rossiya, Amerika bilan bog‘liq muammolar fonida doimgidek o‘ziga xos Putinni qo‘llab-quvvatlovchi ritorika bilan aynan Qo‘shma Shtatlar ShHT va KXShT faoliyatida kelishmovchiliklar keltirib chiqarayotganini aytib, tashkilotlarning asosini tashkil etadigan yaqin bo‘lgan mamlakatlardagi “jarayonlarning borishini buzishga” harakat qilmoqda, – deb jar soladi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z chegaralaridagi nizolarni hal qilayotgan bir paytda harbiy to‘qnashuv vaqtida bir tashkilot aʼzolari o‘rtasidagi vaziyatni hal qilishga yordam bermaganligi uchundi Bishkek tomonidan “KXShTdan chiqish” g‘oyasi yangradi.

Qozog‘iston o‘z-o‘zidan G‘arb tomon siljiy boshladi va Buyuk Turon g‘oyasi tomon intilishni davom etmoqda. Respublika AQSHning S5 + 1 formatidagi asosiy sheriklaridan biri bo‘lib, o‘z hududida doimiy ravishda NATO bilan KXShT dagi ittifoqchilari ishtirokisiz harbiy mashg‘ulotlar olib boradi, qolaversa NATO davlatlarida o‘z harbiylari va razvedkachilarini ommaviy ravishda o‘qitib ular sonini ko‘paytirmoqda.

Rossiyalik mutaxassislar KXShTni janozasini o‘qish uchun erta ekanligiga aminlar.

Siz nima deb o‘ylaysiz: KXShT qo‘shnilarimiz uchun kerakli tashkilotmi?