Daromadli qurg‘oqchilik

Tojikiston suvni Qozog‘istonga yoqilg‘i evaziga almashtiradi. Sirdaryodagi qurg‘oqchilik Qozog‘istonni Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan suv savdosi olib borishga majbur qildi deya xabar bermoqda internet nashri.

Qozog‘iston yerlaridagi guruchni sug‘orish uchun suv evaziga Tojikistonga turli uskunalar va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olingan. Mazkur shartnomaga asosan Dushanbe Nur-Sultonga 300 million kubometr suv yuboradi.

Sirdaryodagi suv tanqisligini nafaqat Qozog‘iston, balki Qirg‘iziston va O‘zbekiston ham “sezmoqda”. Respublika hukumatlari xavotirga tushib, hukumatlararo kelishuv va dasturlarni tayyorlashga kirishdilar.

Hozircha bu masala hal qilindi – barter orqali. 370 million kubometr suv evaziga Qirg‘iziston 370 million kilovatt-soat, O‘zbekiston esa 250 million elektr energiyasi oladi.

Suv hamma narsaning boshidir, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlarida.