Xitoy Shinjondan chet elga qochib ketgan musulmonlarni taʼqib qilmoqda

Arab davlatlari uyg‘urlarni Pekinga topshirishni boshlab yuborganlar. Saudiya Arabistoni, BAA va Misr muntazam ravishda etnik ozchilik vakillarini XXRga deportatsiya qilmoqda.

Turkiya uyg‘urlar uchun xavfsizlikni taʼminlovchi tayanch hisoblanar edi, ammo 2020 yilda Anqara Pekin bilan ekstraditsiya shartnomasini ratifikatsiya qildi va boshpana maqomidan mahrum bo‘ldi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Xitoy faqatgina ekstremistik harakatlarda gumon qilingan va Xitoy fuqarolari hisoblangan uyg‘urlarni ekstraditsiyasini talab qilmoqda.

Biror bir faoliyat ayblangan uyg‘urlarni Xitoyga topshirmagan mamlakatlar deyarli qolmadi. Ilgari ular Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida yurishlari mumkin edi, ammo endi barcha yo‘llar yopiq. Bundan tashqari, dunyodagi musulmon jamoalaridagi qarama-qarshiliklar uyg‘urlarga biron bir mamlakatni tanlashiga imkon bermaydi, ularga faqat o‘zlari bilan bir hil qarashlarga ega mamlakat kerak.

Qolaversa, Islom olamining g‘azabi Pekinning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi tufayli Xitoyga emas, balki AQSHga qarshi qaratilgan. Shuning uchun, umuman olganda, uyg‘urlarning qochadigan joyi yo‘q.

Musulmon davlatlari uyg‘urlarni Xitoyga topshirishlarini oddiy sababi bor: iqtisodiy manfaat. Saudiya Arabistoni ham Turkiya singari Islomni himoya qiladi, ammo har qanday ekstremistik harakatlarga qarshi. Mamlakatda Uyg‘ur hujralarini mavjudligi bu davlatlar milliy manfaatlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Anqara Pekin bilan savdo aloqalari bilan chambarchas bog‘liq, Turkiya orqali XXR tomonidan moliyalashtiriladigan katta temir yo‘l o‘tadi. Saudiya Arabistoni Xitoyda neftni qayta ishlash zavodini qurmoqda va Pekinga neft sotmoqda. Iqtisodiy manfaatlar Xitoydagi hokimiyatni buzishga urinishdan ko‘ra muhimroqdir.