WSJ: 2021 yilda COVID-19 o‘lganlar soni 2020 yil ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi

2021 yilning oltinchi oyi o‘tib borayotgan bir pallada COVID-19 dan o‘lim soni 1,88 million kishiga yetdi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 1,87 million kishini tashkil etgandi

2021 yilning birinchi olti oyida koronavirusdan butun 2020 yilga qaraganda ko‘proq odam vafot etdi, deb yozmoqda Тҳе The Wall Street Journal (WSJ) Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga asoslanib. Rivojlangan mamlakatlarda vaksinalarning keng tarqalishiga qaramay, pandemiya hali beri tugamaydi, deya qayd etmoqda gazeta.

Ayni paytda dunyoda koronavirus tufayli 3,7 million o‘lim qayd etilgan, ularning yarmidan ko‘pi – 1,88 millioni 2021 yilning birinchi yarim yilligida sodir bo‘lgan.

O‘lim darajasining keskin o‘sishi rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan Osiyo va Lotin Amerikasida COVID-19 ga qarshi vaksinalar yetishmasligi sharoitida ro‘y berdi, deb yozmoqda WSJ. Shu bilan birga, vaksinalar yetarli bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada) o‘lim va yangi kasallik holatlari kamaymoqda.

Argentina prezidenti Alberto Fernandes o‘tgan oy mamlakat pandemiya boshlanganidan beri eng og‘ir davrni boshdan kechirayotganini aytgandi: aholisi 45 milliondan ozroq kam bo‘lgan Argentinada COVID-19 dan har kuni 500 dan ortiq odam vafot etmoqda.

Yil boshida kundalik kasallanish holatlarining 73 foizi va o‘limning 72 foizini Yevropa va Qo‘shma Shtatlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgan edi. hozirga kelib yangi o‘lim holatlarini 80% dan ko‘prog‘ini Janubiy Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlari tashkil qilmoqda, deb yozadi gazeta.

Oksford Universitetining maʼlumotlariga ko‘ra, afrikaliklarning atigi 2 foizi, osiyoliklarning esa 6 foizidan sal ko‘prog‘i vaksinaning kamida bitta dozasini olgan. Shu bilan birga, G‘arbiy yarim sharning eng qashshoq davlati bo‘lgan Gaiti aholisi bir martalik dozani ham olmagan.