Yoshlar ko‘paymoqda maktablar esa o‘zgarishsiz

O‘zingizga maʼlumki, saytimiz orqali ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqarolar tomonidan tayyorlangan “adekvat” tanqidiy materiallarni doimiy ravishda berib boramiz. Mana shunday to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘tarilgan mavzulardan biri aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etayotgan hamda stabil yosharib borayotgan millat kelajagi uchun zamonaviy xech bo‘lmaganda yangi maktablar masalasi.

Deputat va bloger fikri.

Alisher Qodirov yana miyasi bilan urushib qolgan shekilli, xuddi maktablarda ishlayman degan o‘qituvchilarning keti uzilmayotgandek biz saviyasiz o‘qituvchidan voz kechar ekanmiz.

Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda sovet hukumati tomonidan qurilgan 9500 ga yaqin maktab bo‘lgan, aholi soni esa 20 million atrofida edi, hozirda umumiy maktablar soni 9800 atrofida, lekin aholi soni 35 millionga qarab ketmoqda.

O‘sha Qodirov yomon ko‘radigan sovet hukumati har bir shahar qurilishida juda puxta reja bilan qurar edi, har bir mikrorayonda o‘zining bog‘chasi, maktabi va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurar edi.

Mustaqillikning ilk yillarida sinfda o‘quvchilar soni 25 kishidan oshmagan, boshlang‘ich sinflarning hammasi faqat tushgacha o‘qishgan, hozir sinflar 45 o‘quvchidan, baʼzi maktablarda uch smenada bolalar o‘qitilmoqda.

Qodirov aytgan trillionlar qayerga ketgan? Keyin maktab bu faqatgina bino, agar o‘qituvchi bo‘lmasa, u binodan boshqa narsa emas, o‘qituvchilarni tayyorlash esa o‘zuvuzani maʼnaviyatdan nariga o‘tmayapti.

Undan ko‘ra kadrlar tayyorlash standartlarini qayta ko‘rib chiqish kerakligi haqida bu tentaklar biror kun gapirarmikan a?

Qodirovni ko‘rsam, qichima bo‘lyapman, allergiyam bor shekilli. Biz aslida saviyasiz dumbul deputatlarga ko‘p oylik to‘layapmiz, bolasi shaxsiy maktabda o‘qiydigan deputat xalq maktabini qayerdan biladi.