Qozog‘istonda NATO harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Rossiya Qozog‘istonning AQSh harbiy kuchlarini respublikaga kiritish istiqbollariga qaramay, harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilmoqda. Allaqachon Putin Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan. Bu esa rus mutaxassislarini g‘azablantirdi deya xabar bermoqda internet nashri.

Qozog‘iston shartnomani 2020 yil 16 oktyabrda 10 yil muddatga imzolagan edi. Ushbu hujjat Moskva uchun juda muhimdir, chunki u xavfsizlik sohasida o‘zaro majburiyatlarni yangi bosqichda birlashtiradi. Ammo Qozog‘istonning “ko‘p vektorli siyosati” va “AQSh bilan yaqin aloqalar”i, Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati (RTR) rahbari aytganidek, “Rossiya uchun harbiy hamkorlikdagi jiddiy nomuvofiqliklar paydo bo‘lishi bilan xavfli bo‘lishi mumkin”

RTR hozirda Afg‘onistondan olib chiqilayotgan AQSH va NATO qo‘shinlari Markaziy Osiyoda “joylashadi” deb hisoblamoqda. Aniqrog‘i, Qozog‘iston nomini keltirilmagan bo‘lsada, ammo ishora shu davlatni ko‘rsatmoqda.

RTR: “Qo‘shma Shtatlar ushbu hudud ustidan nazoratni yo‘qotishni istamaydi va Afg‘onistondagi “boylik”larning hech bo‘lmaganda bir qismini qo‘shni mamlakatlarga joylashtirish niyatida. Biz bunday urinishlar qilinayotgani va amalga oshirilishi haqida maʼlumot egamiz. Umid qilamizki, nafaqat sheriklar, balki KXShT bo‘yicha ittifoqchilar ham bunga rozi bo‘lmasliklari kerak”.

Qozog‘iston Shimoliy Atlantika alyansi bilan faol aloqalarni olib boradi va 2021 yil iyul oyida o‘z hududida AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada qo‘shinlari ishtirokida “Dasht burguti” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mashqlar deyarli 20 yildan beri har yili o‘tkazilib kelinmoqda. Amerikaliklar taʼkidlaganidek, 2018 yilda Janubiy Karolinadagi AQSh armiyasining o‘quv markazida ularning qozoq bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik maqsadida “Birgalikda jang qilish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazishgan”.

2000 yilda, amerikalik va britaniyalik instruktorlar ko‘magi bilan Qozog‘istonda “Kazbat” tinchlikparvar batalyoni tashkil etilib, u “Kazbrig” brigadasiga aylantirildi. Pentagon va Qozog‘istondagi boshqa NATO mamlakatlari mutaxassislari respublika Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibini harbiy tayyorgarlik markazlarida faol ish olib bormoqda.

Sizningcha, AQSh Qozog‘istonda Afg‘onistondan olib chiqib ketayotgan armiyasini jorylashtirishi mumkinmi?