Targ‘ibotning yangi usuli

Tolibon targ‘ibotchilari o‘zlarining “jihodlarini” faol ravishda ommalashtirish maqsadida turli usullardan foydalanishda davom etib kelmoqda.

Tolibonlar tomonidan “Nega men Jihod qilayapman?” deb nomlangan yangi serial tayyorlanganligi va tez orada jangarilar nazoratidagi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarda paydo bo‘lishi haqida xabar berilmoqda. Vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, toliblar yangi jihod seriyasi qisqa videolavhalar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular orqali toliblarning “jihod” ning asosiy xabarlari va maqsadlari tomoshabinlarga yetkaziladi.

Tayyorlangan yangi tashviqot mahsulotining maqsadlaridan biri o‘z saflariga qo‘shish kerak bo‘lgan terrorchilarni intensiv ravishda jalb qilishni osonlashtirishga qaratilgan.

Qisqa videolavhalar orqali tayyorlangan serial!

O‘zbekistondagi diniy nashrlar va umuman mazkur yo‘nalishdagi barcha axborot tarqatuvchi vositalar auditoriyasi asosan 18 yoshdan kattalar uchun bo‘lib, asosan uzun suhbatlar shaklida yoki bo‘lmasa og‘ir savol-javoblar shaklida tayyorlangan materiallar. Bundan ilmiy manbaalar kerak albatta!

Biroq, dinga kirib kelish va emotsional tahliliy mushohadalar o‘smirlik davrida paydo bo‘lishini anglash uchun katta tahliliy isbotlar kerak emas. Xattoki, uzoqqa bormaylik Rossiyada ham juda ko‘plab xristian diniga tegishli kichik yoshdan boshlab o‘smirlik davrini qamrab olgan yuzlab bosma va onlayn nashrlar mavjud.

Bizda esa diniy mavzularga azaldan qiziqish katta bo‘lgan. Diniy ulomalar bilan birgalikda zamon talab qilayotgan va yoshlar bilishni istagan savollarga qisqa shakllarda mazhabimizda to‘g‘ri deb belgilangan materiallar tayyorlanib ehtiyoj qondirilsa, yuqoridagi qisqa metrajli seriallar chiqishi va tarqatilishi katta xavf tug‘dirmaydi.