Turkiya aholisining 1% jazoni o‘tamoqda

Yevropa Kengashi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya aholisining taxminan 1 foizi qamoqda yoki sinov muddatini o‘tamoqda.

Hisobotga ko‘ra, Turkiyadagi mahbuslar yoki sinov muddatini o‘tayotganlar soni Yevropadagi umuiy mahbuslar sonidan o‘rtacha uch baravar ko‘p deb qayt etilgan. Shartli sinovda bo‘lgan fuqarolar soni bo‘yicha esa Turkiya Yevropada Polshadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Shveysariyaning Lozanna universiteti tomonidan Yevropa Kengashi uchun tayyorlangan hisobotda qayd etilishicha, 2020 yil 31 yanvar holatiga ko‘ra, Turkiyaning har 100 ming aholisiga 984 nafar mahkum to‘g‘ri keladi.