Nafs…

Yaqinda nemis olimlari qiziqarli maʼlumotlarni nashr etdilar: so‘nggi 50 yil ichida nemislar o‘rtacha 400 foizga boyib ketishdi. Depressiyadan aziyat chekayotgan baxtsiz odamlar soni esa 38 foizga o‘sdi.

Nima uchun bu sodir bo‘layapti? Nima uchun bunday adolatsiz nisbat ishlaydi? Men bu hodisani insoniyatning moddiy laʼnati deb atayman.

Bu 100 yil oldin Amerikada boshlangan. Avtomobil sanoatini isloh qilish tufayli Genri Ford dunyodagi eng boy odamga aylandi. Uning yutuqlari ko‘plab isteʼdodli tadbirkorlarni eng buyuk brendlarni yaratishga ilhom bag‘ishladi: Cadillac, Chevrolet, Buick, Dodge. Yangi avtomobillar tom maʼnoda Amerika bozorini ortig‘i bilan to‘ldirdi. Biroz vaqt o‘tgach, mashina savdosi keskin pasayib, bozor to‘yingan holatga keldi.

Darhaqiqat, kimdir yangi mashinaga muhtoj bo‘lsa, agar eskisi yuklatilgan vazifani to‘liq bajarsa yangisiga nahojat!? Nega pulni isrof qilish kerak?

Savdo muammosiga duch kelgan mohir marketologlar mohirona yangi yechimni taklif qildi: ular eski avtoulovlar egasida “o‘zini to‘laqonlik xis qilmaslik” tuyg‘usini singdira boshladilar.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilari har yili tobora ko‘proq yangi modellarni chiqarishni boshladilar. Ularning muvaffaqiyati boshqa sohalardagi tadbirkorlarni ilhomlantirdi: kiyim-kechak, kosmetika, poyabzal va boshqa tovar mahsulotlar.

Kiyim ishlab chiqaruvchilar yiliga 2 marotaba yangi to‘plamlarni chiqaradilar. Mutaxassislar va dizaynerlar bizga cheksiz takrorlaydigan gaplari: “bu mavsumda yashil moda bo‘ladi”. Bu nima uchun qilingan? Ushbu hiyla-nayrang savdo hajmini oshirish uchun mo‘ljallangan. Aynan shu kiyimni, lekin o‘tgan yili qizil rangda sotib olgan odamlar o‘zlarini noqulay his qilishadi.

Transmilliy korporatsiyalar doimiy ravishda yangi qurilmalar, kiyim-kechaklar va boshqalarni chiqarib, oddiy fikrlaydigan isteʼmolchining ongini boshqaradi. Ular reklama uchun yiliga 500 milliard dollar sarflaydi. Buning naqadar katta pul ekanligini to‘liq anglash uchun, taqqoslab beray. Yerdagi ochlik muammosini hal qilish uchun yiliga atigi 50 milliard dollar sarflanishi kerak.

Asosiy muammo shundaki, biz doimo modadan chiqdi yaxshi narsalarni tashlab yuborishimiz kerakligida emas balki, insoniyatning fojiasi – bu asossiz yangi modani kutishidadur. Yangi mashina sotib olgan odam juda qisqa vaqt ichida xursand bo‘ladi. Ertasi kuni uning do‘stlari unga qaraganda yangi rusumdagi mashinalar sotib olishsa, bu quvonch faqat bir kun bilan cheklanadi.

Suqrot: “Dunyoda faqat bitta yaxshilik bor – bilim, bitta yomonlik – johillik”, – deb to‘g‘ri aytgan.