Dipfeyk nima?

Dipfeyklar yuzlarni, landshaftlarni va boshqa fotosuratlarni, videofragmentlarni va tovushlarni neyron tarmoqlar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus texnologiyalardan foydalangan holda real tarzda almashtirish deb nomlanadi.

Bugungi kunda dipfeyklar kinodan tortib firibgarlarga qadar butunlay barcha sohalarda qo‘llanilmoqda. Agar ilgari “murakkab” feyklar sifatini oddiy ko‘z bilan ko‘rish va ajaratish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endi buni maxsus dasturlar yordamida ham oshkor etish tobora qiyinlashmoqda.

Masalan, Facebook hatto o‘z tarmog‘idagi dipfeyklarni aniqlashga mo‘ljallangan dasturiy mahsulot uchun tanlov eʼlon qildi. Bugungi kunda mutaxassislar taʼkidlashlaricha, tarmoqdagi dipfeyklar soni har olti oyda ikki baravar ko‘payib bormoqda va tarmoqqa tarqalishi bilan tez orada reallikni ajratib olish ancha qiyinlashadi.

Dipfeyklar tobora ko‘proq axborot muhitiga kirib borayapti va kimga qarshi qaratilgan bo‘lsa, ular jamoatchilikka haqiqatni olib chiqqunlariga qadar ancha vaqt o‘tishi va vaziyat og‘irlashishi mumkin. Bugungi kunda ko‘plab xavfsizlik tizimlari identifikatsiyani vizual tasdiqlashga ishonishadi. Biroq, yuqori sifatli dipfeyklar ushbu to‘siqlarning ko‘pini chetlab o‘tishni uddasidan chiqmoqda.

Xavfsizlik tizimlari bir texnik vosita, odamlar esa umuman boshqacha. Oddiy odam uchun vizual ravishda yuqori sifatli dipfeykni haqiqiy odamdan ajratib olishi juda qiyin.

Prankerlar tomonidan ko‘plab siyosatchilar bilan “intervyular” o‘tkazilayotgani va dipfeyklarni bloglarida eʼlon qilib borishlari hozircha kulgili xolatdek ko‘ringani bilan, aksariyat oddiy aholi tomonidan bunday o‘yinlar yaxshi natijalarga olib kelmasligi aniq.

Shu bois, saylov oldi davrda jamoatchilikda mediasavodxonlik ko‘nikmalari shakllantirish, axborot tarqatuvchilarni masʼuliyatliroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Biz bu mavzuga yana-da tahliliy yandashgan xolda qaytamiz.