AQSh Tolibon hujumlari tufayli Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqishni kechiktirishi mumkin. AQSh Mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi bayonot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish jadvali sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin.
Hozir Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan voqealar NATOning mamlakatdan chiqib ketishiga qarshi bo‘lganlar tomonidan ogohlantirilgan eng yomon ssenariydir, deb yozmoqda Bild nashri. Aftidan, toliblar bir necha oy ichida butun Afg‘oniston hududi ustidan nazoratni tiklashga qodirdek tuyulmoqda.
2001 yildan beri birinchi marta Tolibon Afg‘oniston rasmiy hukumatiga qaraganda ko‘proq hududlarni nazorat qilmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirda Tolibon 107 ta tumanni, hukumat esa 92 ta tumanni to‘liq nazorat qilmoqda.
Qolgan 199 okrugda hukumat va Tolibon kuchlari kurash olib bormoqda.