AQSh Xitoyga xalqaro izolyatsiya bilan tahdid qilmoqda

Bunda Qo‘shma Shtatlar Yevropa Ittifoqi ko‘magidan foydalanmoqchi, deydi AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

U Xitoy rahbariyatini koronavirus sabablari bo‘yicha atroflicha tekshiruv o‘tkazishga ruxsat bermasa, xalqaro izolyatsiyaga duch kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

“Biz buni ittifoqchilar va sheriklarimiz bilan birgalikda amalga oshiramiz”, dedi u.

Koronavirus pandemiyasining sunʼiy kelib chiqishi haqidagi tezis tobora ko‘proq hujjatli isbotini topmoqda.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoy hukumatini pandemiya tarqalishi uchun bevosita javobgar deya ogohlantirgan edi.

Avvalroq, XXR kontrrazvedka boshlig‘ining o‘rinbosari СОVID-19 maʼlumotlarini AQShga berishda gumon qilingan edi.  Manbalarda aytilishicha, mazkur maʼlumotlar Bayden maʼmuriyatining ushbu masalaga munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirgan.

2017 yilda amerikalik diplomatlar Uxan shahrida xavfli koronavirus tadqiqotlari olib borilayotgani va bu yuqumli infeksiya nazoratsiz tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.