Turkmaniston dunyoda qurol-aslaha sotib oluvchilar orasida birinchi uchlikda

Respublika qurol-yarog‘ importi bo‘yicha ikkinchi yirik davlatga aylandi, Tinchlik indeksida esa jahondagi 163 mamlakat ichida 109 qatorda joylashgan.

Aholi jon boshiga qurol-yaroq importi 92 mamlakatda ko‘paygan bo‘lib, eng katta o‘sish Armaniston, Turkmaniston va Qatarda qayd etildi.

Braziliyada ishlab chiqarilgan  2 ta ikki kishilik truboprovodli hujumchi Embraer A-29B Super Tucano samolyoti Turkmanistonga yuborilish ortidan Maltadagi aeroportda ko‘rinish bergan.

2019 yilda Bellingcat tergov guruhi, boshqa narsalar qatori Italiya ham Turkmanistonga yuz million yevroga teng qurol yetkazib berganini aniqlagandi. Shu bilan birga, Turkmaniston dunyoda eng past zo‘ravonlik darajasiga ega – 1%. Mamlakatga qo‘shni bo‘lgan Afg‘onistonda zo‘ravonlik darajasi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi.

Biroz avval Turkmaniston Markaziy Osiyoda xavfsizlik hissi nuqtai nazaridan eng barqaror mamlakat deb topilgandi.

Betaraflikni o‘z oldiga maqsad qilgan davlat uchun yomon emas!