Qirg‘iziston oziq-ovqat va don mahsulotlarini eksport qilishga taqiq joriy etdi

Vazirlar Mahkamasi rahbari U.Maripov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ammo bugungi vaziyat butunlay boshqacha.


Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan tashqari, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga taqiq joriy qilinmoqda. Gap bug‘doy, bug‘doy uni, shakar, guruch, o‘simlik moyi va tovuq tuxumi haqida ketmoqda. Shuningdek, em-xashak narxlari o‘sishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan ozuqa: pichan, aralash ozuqa, makkajo‘xori, arpa eksportiga to‘liq taqiq joriy etildi. Mamlakatga olib kirilayotgan shakar, o‘simlik moyi va go‘shtni QQSdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.