Sotsiologiya: Sotsializm qaytmoqda

Yosh amerikaliklar sotsializmni tanlaydi – 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklarning 51% sotsializmga ijobiy qarashmoqda, deb xabar bermoqda Axios.

Axios tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar sotsializmga intilmoqda. 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklarning 51 foizi sotsializm to‘g‘risida ijobiy fikrda. Ushbu yosh guruhida 46 foiz fuqarolar kapitalizmga salbiy munosabatda ekanligi qayt etilgan. “Pandemiya amerikaliklarni, shu jumladan ko‘plab yosh respublikachilarni siyosiy va iqtisodiy qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Bu, ehtimol, ikkita omilga bog‘liq: chuqur ijtimoiy tengsizlikka eʼtibor kuchayishi va hukumatning aralashuvidan sezilarli foyda”, – dedi Axios sharhlovchisi Feliks Salmon.

18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan respublikachilar va uning tarafdorlarining 66 foizi kapitalizmga ijobiy munosabatda bo‘lib, 2019 yil yanvar oyida 81 foizni tashkil etgan edi. 56 foiz yosh respublikachilar hukumat boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqni kamaytirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirishi kerak, deb hisoblaydi.

Z avlod (18-24 yosh) orasida 42 foiz kapitalizm to‘g‘risida ijobiy fikr bildirgan bo‘lsa,  54foiz salbiy fikrda. Sotsializmni milliy miqyosda qabul qilish shubhali bo‘lsada: amerikaliklarning 41 foizi o‘zlarining ijobiy fikrlari hukumatning keyingi qabul qiladigan qarorlariga taʼsir ko‘rsatishiga ishonadi. Sotsializmga qarshilar esa 52 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, amerikaliklarning aksariyati hali ham kapitalizmni ijobiy baholaydi – 57 foiz, kapitalizmga salbiy munosabatda bo‘lganlar esa 36 foizni tashkil etmoqda.